Bilbaoning "Atletik" klubi darvozaboni Yulen Agirresabala faoliyatini "Valensiya"da davom ettiradi.
"Ko‘rshapalaklar" 24 yoshli ispaniyalikni 1 mavsumga ijaraga oldi.
Agirresabala shu vaqtgacha La Ligada jami 30 ta o‘yinda 24 ta gol o‘tkazib yuborgan va 12 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.













