Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

"Portu" "Atletiko" hujumchisi huquqlarini to‘liq sotib oldi

"Portu" "Atletiko" hujumchisi huquqlarini to‘liq sotib oldi

Baho:
+ | -

"Portu" "Atletiko"dan Samu Omorodion Agexovaga bo‘lgan huquqni to‘liq sotib oldi.

Futbolchining dastlabki transferidan so‘ng, portugal klubida huquqlarning atigi 50 foizi bor edi. May oyi boshida ular yana 15 foizni 5 mln yevroga sotib olgandi.

Endi esa "Portu" shartnomada ko‘rsatilgan ikkinchi sotib olish imkoniyatidan foydalanib, xuddi shu summaga futbolchiga qo‘shimcha 15 foiz iqtisodiy huquqni qo‘lga kiritdi. "Atletiko" bilan muzokaralar davom ettirildi va "Portu" qolgan 20 foiz huquqni 7 million yevroga sotib oldi.

Shunday qilib, portugallar endi Agexovaga bo‘lgan huquqlarga to‘liq egalik qilishadi.

21 yoshli forvard "Portu"ga o‘tganidan buyon 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Dekabr oyida u chempionatning eng yaxshi hujumchisi va oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliya klubidagi birinchi mavsum yakunlariga ko‘ra, Samu chempionat (19 gol) va Yevropa Ligasida (6 gol) ikkinchi to‘purarga aylandi.

Kiritildi: 05:22, 12.07.2025.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик