Marokashlik hujumchi Rashad Fettal "Almeriya"dan "Real"ga o‘tdi. Klub rasmiy saytida tomonlar transferga kelishib olganini e’lon qildi.
"Rashadga yangi bosqichda eng yaxshi tilaklarni tilaymiz. Omad," - deb yozdi "Almeriya" matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida.
20 yoshli marokashlik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













