Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kroos Gyuler haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Kroos Gyuler haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos yarim himoyachi Arda Gyulerning o‘yini haqida fikr bildirdi.

20 yoshli turkiyalik Karlo Anchelotti davrida kamdan-kam hollarda asosiy tarkibga kiritilgan, ammo klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yangi murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida o‘zini yorqin ko‘rsatdi.

"Arda o‘yinga o‘zgacha ruh olib kirmoqda. Texnik jihatdan u o‘tgan mavsumda ham tayyor edi, ammo hozir jismoniy jihatdan kuchaydi. Agar sizda chiziqlar o‘rtasida "o‘nlik" rolini o‘ynay oladigan shunday futbolchi bo‘lsa, uning o‘yin davomidagi yakkakurashlardagi mag‘lubiyatlariga ko‘z yumish mumkin. Uning roli nihoyatda aniq bo‘lishi muhim, shuningdek, u himoyada jamoaga yordam berishi kerak," - deya Kroosning so‘zlarini keltirmoqda ispan OAV.

Kiritildi: 08:58, 12.07.2025.
O'qildi: 1976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик