Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Italiyada «Dinamo» va «Milan» klublari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi

Italiyada «Dinamo» va «Milan» klublari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Italiyadagi safari davomida jahonning eng mashhur futbol jamoalaridan biri «Milan» klubida bo‘ldi.

Samarqand viloyat futbol assosiatsiyasi prezidenti Adiz Boboyev Italiya va Yevropaning nomdor va ko‘p karra chempioni «Milan» klubi ofisida bo‘lib, milanliklar rahbariyati bilan uchrashdi.

Xususan, «Milan» klubi moliyaviy direktori Stefano Kochirio bilan uchrashuvda «Milan» klubi hamda Samarqandning «Dinamo» jamoasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, Samarqandda «Milan» futbol klubi akademiyasi dasturi bo‘yicha iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, «Milan Junior Camp»ni Samarqandda tashkil etish va shu orqali «Milan» klubi seleksionerlari nigohini mahalliy o‘yinchilarga qaratish taklifi berildi.

Shuningdek, muloqotda «Dinamo» murabbiylari va mutaxassislarni «Milan» klubiga amaliyot va tajriba orttirish uchun yuborish masalasi muhokama qilindi. O‘z navbatida Stefano Kochirio klubning UYeFA Pro lisenziyasiga ega murabbiylari Samarqandga borib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishi mumkinligini bildirdi.

Uchrashuvda yosh iqtidorlar va futbol mutaxassislari uchun Samarqandda seminar tashkil etish, Milandagi futbol akademiyasiga o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni jalb qilish orqali malakalarini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida «Milan» rahbariyati tomonidan Adiz Boboyevga 1-raqamli klub libosi topshirildi. Milandagi Lombardiya - Samarqand hududlararo biznes va hamkorlik forumi davom etmoqda.

Kiritildi: 10:11, 12.07.2025.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик