Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ter Shtegen "Barselona"dagi kelajagi haqida qaror qabul qildi

Ter Shtegen "Barselona"dagi kelajagi haqida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yozda klubini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti. Yaqinda "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 33 yoshli darvozabonga yuzma-yuz uchrashuvda yangi mavsumda "birinchi raqam" u emas, balki yangi kelgan Joan Garsiya bo‘lishini aytgandi. Jurnalist Ashraf Ben Ayadning so‘zlariga ko‘ra, ter Shtegenning rejalari o‘zgarmayapti - u hamon qolish niyatida va Kataloniya grandi asosiy tarkibidagi o‘rnini qaytarib olishga qat’iy qaror qilgan.

Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Germaniyalik futbolchi 2014 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 11:00, 12.07.2025.
O'qildi: 2013 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик