"Sporting" futbolchisi Viktor Dyokeresh o‘zini dunyoning eng yaxshi hujumchilari - Xarri Keyn, Robert Levandovski va Erling Xoland bilan taqqoslaganiga munosabat bildirdi.
"Men ulardan biriman. O‘zimni bir joyda ko‘rsatishim qiyin, lekin men ham shular qatoridaman. Ular mendan ko‘ra kuchliroq ekanini isbotlagan ajoyib o‘yinchilar. Vazifam - men ham har mavsumda shunday daradani ushlab turishga qodir ekanligimni ko‘rsatish. Ishonchim komilki, "Sporting"da qilgan ishlarimni istalgan joyda takrorlay olaman," - dedi Dyokeresh L’Equipe nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Dyokeresh o‘tgan mavsum "Sporting" safida 52 ta o‘yinda 54 ta gol urgan edi. Matbuot 27 yoshli shvesiyalikni "Arsenal" bilan bog‘lashda davom etmoqda.













