Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Retegi "Atalanta" va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tanlov qildi

Retegi "Atalanta" va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -

"Atalanta" hujumchi Mateo Retegini o‘z safida saqlab qolish ehtimoli past.

Xabaringiz bor, 26 yoshli futbolchi "Al-Qodisiya"dan katta taklif olgan edi. Bergamoliklar hujumchi bilan xayrlashishni istamayapti, shuning uchun unga maoshini ikki barobarga - bir mavsum uchun 4 mln yevrogacha oshiradigan yangi shartnoma taklif qilishdi. The Touchline xabariga ko‘ra, Retegi rad javobini bergan. Futbolchi hamon Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish niyatida, u yerda unga bonuslarni hisobga olgan holda har mavsum uchun taxminan 20 million yevro to‘lashga tayyor.

Mateo Retegi A Seriyaning o‘tgan mavsumida 25 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarga aylandi. Transfermarkt ekspertlari argentinalik italiyalikning narxini 45 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:44, 13.07.2025.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик