Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Portugaliyalik vinger "Yuventus"ga o‘tish uchun ikki klub taklifini rad etdi

Portugaliyalik vinger "Yuventus"ga o‘tish uchun ikki klub taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

"Portu" klubi qanot hujumchisi Fransishku Konseysau Angliyaga o‘tishdan voz kechdi. 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Nottingem Forest" va "Everton" klublari qiziqish bildirgan edi - ikkala klub ham "ajdarho"lar talab qilgan 30 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga rozi bo‘lgan. Biroq, insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tishga umid qilayotgani va boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni istamagani sababli Premyer-liganing har ikkala vakiliga rad javobini bergan.

"Everton"ning Konseysauga qiziqishi haqida boshqa manba ham xabar bergan edi, shuningdek, "Yuventus" va "Portu" o‘rtasida deyarli kelishuvga erishilgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan edi. Romano bu ma’lumotlarni tasdiqladi.

Kiritildi: 08:38, 15.07.2025.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.