Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Ronaldu yangi mavsumda "An-Nasr"ning kamida 25 foiz o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

Ronaldu yangi mavsumda "An-Nasr"ning kamida 25 foiz o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

"An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasining yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumda ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Saudiyalik jurnalist Falah Al-Qahtoniyning ijtimoiy tarmoqdagi xabariga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush bilan suhbatlashgan, shundan so‘ng ular futbolchining sog‘lig‘ini ahamiyatsizroq o‘yinlarda saqlashga qaror qilishgan.

Ronalduning yoshi kattaligini inobatga olib, murabbiy va futbolchi hujumchiga yuklamalarni diqqat bilan kuzatib borish kerak, deb hisoblamoqda. 2024/2025 yilgi mavsumda Krishtianu ortiqcha charchoq tufayli bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Bunday hodisalarning oldini olish uchun hujumchi barcha o‘yinlarning kamida 25 foizini o‘tkazib yuborishga rozi bo‘ldi. Ronaldu jahon chempionatiga optimal formada yetib borish uchun jarohatlardan qochmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionati 21 avgust kuni start oladi.

Kiritildi: 10:49, 15.07.2025.
O'qildi: 1873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик