Angliyada noma’lum shaxslar Ayven Tounining mashinasiga zarar yetkazdi.
Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi sharafini himoya qilayotgan angliyalik hujumchi Instagram storisiga oynasi singan avtomobilining suratini joyladi.
"Shuning uchun Londonni yomon ko‘raman," - deb yozadi futbolchi.
Touni yozgi ta’tilni Buyuk Britaniyada o‘tkazmoqda. Ayni damda jinoyatchilar avtomobildan nimanidir o‘g‘irlab ketgani ma’lum emas.














