Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Barselona" "Gamper kubogi"ni "Kamp Nou"da o‘tkazmasligi mumkin

"Barselona" "Gamper kubogi"ni "Kamp Nou"da o‘tkazmasligi mumkin

Baho:
+ | -

La Liga chempioni "Barselona" Joan Gamper kubogi uchun Italiyaning "Komo" klubiga qarshi 10 avgust kuni "Kamp Nou"da o‘tkazish g‘oyasidan voz kechishi mumkin.

3cat nashri xabar berishicha, o‘sha sanaga qadar stadionni ochish rejalariga qaramay, rekonstruksiya ishlari kechikib ketgani sababli shahar hokimiyati uni egallash uchun lisenziya berishga tayyor emas.

"Spotify Camp Nou"dagi qurilish, ayniqsa, birinchi va ikkinchi tribunalarda rejadan orqada qolmoqda. Barcha ishlar yakunlanmaguncha, shaharsozlik bo‘limi tomoshabinlar bilan o‘yin o‘tkazishga ruxsat bermaydi. "Barselona" so‘nggi bor afsonaviy arenada 2023 yilning mart oyida o‘ynagan, shundan so‘ng jamoa vaqtincha "Olimpik Lluis Kompani"ga ko‘chib o‘tgan.

Klub endi La Liga doirasida "Valensiya" bilan uy uchrashuvi rejalashtirilgan 14 sentyabrgacha qaytishga umid qilmoqda. Biroq, bu sana ham so‘roq ostida. Ayni vaqtda, Xansi Flik shogirdlari 16 avgust kuni "Malyorka"ga qarshi mavsumni boshlashdan oldin Yaponiya va Janubiy Koreyada mavsumoldi yig‘inlarini o‘tkazishadi.

Kiritildi: 21:23, 16.07.2025.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик