Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Duda "Al-Ittifoq"qa o‘tdi

Duda "Al-Ittifoq"qa o‘tdi

Baho:
+ | -

Slovakiyalik yarim himoyachi Ondrey Duda Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubiga o‘tdi. Bu haqda jamoaning ijtimoiy tarmoqlari xabar bermoqda.

Bitim tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. Boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bungacha Italiyaning "Verona" klubida to‘p tepgan futbolchi erkin agent sifatida ikki yillik shartnomaga imzo chekkan.

Qayd etilishicha, 29 yoshli Duda jamoaga murabbiy Saad Al-SHahroniyning tavsiyasi bilan qo‘shilgan. U uning universalligini - tayanch yarim himoyachisi va markaziy himoyachi pozisiyalarida o‘ynay olishini qadrlaydi.

O‘tgan mavsumda Duda barcha klub musobaqalarida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 4 ta golga hammualliflik qilgan. Uning bozor qiymati 3,5 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 06:01, 17.07.2025.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик