Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Rasman: "Surxon" himoyachisi Hamidjonov ikkinchi davradan "Andijon" sharafini himoya qiladi

Rasman: "Surxon" himoyachisi Hamidjonov ikkinchi davradan "Andijon" sharafini himoya qiladi

Baho:
+ | -

Tarkibini kuchaytirish bo‘yicha seleksiyani davom ettirayotgan "Andijon" yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Endilikda iqtidorli himoyachi Sunnatilla Hamidjonov ikkinchi davrada "burgutlar" sharafini himoya qiladi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdilar va Hamidjonov mavsum oxiriga qadar "Surxon" klubidan ijaraga olindi.

Ma’lumot uchun, Hamidjonov 2001 yilning 8 yanvar sanasida Toshkentda tavallud topgan. U 2021 yilgi mavsumda "Andijon" tarkibida to‘p tepgan. Shundan so‘ng "Olimpik" va "Surxon" jamoalarida faoliyatini davom ettirdi.

Bu yil birinchi davrada termizliklar safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta golli pasni uzatgan.

Kiritildi: 13:23, 18.07.2025.
O'qildi: 1112 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик