Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Ter Shtegen 24 iyulga qadar qaror qabul qilishi kerak

Ter Shtegen 24 iyulga qadar qaror qabul qilishi kerak

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen 24 iyulga qadar belida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish-o‘tkazmasligi borasida bir qarorga kelishi kerak, deb yozadi AS.

Qayd etilishicha, 33 yoshli darvozabonning belidagi og‘riq jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda, shu bois klub jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni talab qilmoqda. Biroq futbolchining o‘zi buni istamayapti va o‘z hissiyotlariga ishonch hosil qilish uchun biroz vaqt berishni so‘radi.

Bundan tashqari, jamoa ter Shtegenning ta’tildan qaytganidan keyingi noodatiy xatti-harakatlariga e’tibor qaratdi. Manbalardan birining ta’kidlashicha, darvozabon so‘nggi bir necha kun ichida o‘zini juda g‘alati tutmoqda va hamma narsadan shikoyat qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, futbolchining bunday xatti-harakatiga bosh murabbiy Xans-Flik bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, u ter Shtegenga u endi jamoaning asosiy darvozaboni emasligini aytgan.

Ter Shtegen "Barselona" safida 2014 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. 2024/25 yilgi mavsumda u "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol o‘tkazib yubordi va 1 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 06:49, 19.07.2025.
O'qildi: 1862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.