Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Otabek Jo‘raqo‘ziyev: “Muxlislarimizni Superliga va OCHL uchrashuvlarida xursand qilamiz”

Otabek Jo‘raqo‘ziyev: “Muxlislarimizni Superliga va OCHL uchrashuvlarida xursand qilamiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon” klubining yozgi transferlaridan biri – bu “Paxtakor”dan taklif qilingan iqtidorli hujumchi Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisoblanadi.

U jamoaning Tojikistondagi yig‘inida boshqa futbolchilar qatori faol ishtirok etmoqda va o‘zini ko‘rsatish ishtiyoqida mehnat qilyapti. Otabek Jo‘raqo‘ziyev kuni kecha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Otabek, "Andijon"ning yangi a’zosi sifatida o‘zingizni qanday his qilmoqdasiz?

- Assalomu alaykum! Jamoaga qo‘shilganimdan xursandman. O‘zimni juda a’lo ravishda his qilmoqdaman.

- Mashg‘ulotlarda va jamoaning ichida ko‘rdikki, siz xuddi oldindan "Andijon"da o‘ynayotgandek, eski futbolchilardek tasavvur uyg‘otyapsiz. Moslashib ketish ortiqcha muammo tug‘dirmadi, nazarimda, shunday emasmi?

- Moslashish qiyin bo‘lmayapti. Chunki jamoadagi ayrim fubolchilar bilan birga harakat qilganmiz, ayrimlari bilan olimpiya termasida birga o‘ynaganmiz. Shu bois moslashish qiyin kechmayapti.

- Aslida "Paxtakor"dan ketishingiz va "Andijon"ga o‘tishingiz nima bilan bog‘liq?

- Qisqa qilib aytganda, o‘yin amaliyoti.

- Jamoa muxlislariga qanday aytar so‘zingiz bor?

- “Andijon” muxlislari markaziy Osiyoda yeng zo‘rlaridan deb bilaman. Bunday muxlis to‘la maydonda o‘ynash har doim yoqimli bo‘lgan. Uy uchrashuvlarini intiqlik bilan kutmoqdaman.

- Maksim Shaskix ham kuchli hujumchi bo‘lgan va endi siz uning qo‘l ostida o‘ynaysiz. Siz ham hujumchisiz va bu hol Shatskix boshchiligida yanada "ochilishingiz"ga xizmat qiladi, deb o‘ylaysizmi?

- Albatta, Maksim Shaskix qo‘l ostida “Paxtakor”da ham o‘ynaganman. Ko‘p narsalarni o‘rgatganlar. Hozir ham o‘rganyapman va yana o‘rganishda davom etaman.

- Shaskixning o‘yinlarini eslay olasizmi? Masalan, qaysi o‘yinlari yoki gollarini?!

- Biz u paytda yosh bo‘lganmiz. Lekin telefon orqali ko‘rganman. Milliy termada eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lgan. Gollariga kelsak, eng mashhur gollaridan biri “Real” Madridga urgan gollarini ko‘rganman.

- "Andijon" safida dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdingiz, qanday taassurot qoldirdi?

- Birinchi uchrashuvni o‘tkazdik, yaxshi o‘yin bo‘lib o‘tdi, deb ayta olaman. Hozir jismoniy yuklamalar bilan harakat qilyapmiz, kamchilik ham bo‘ldi. Lekin uni ustida ishlab, muxlislarimizni Superliga va OCHL uchrashuvlarida xursand qilamiz.

Kiritildi: 22:54, 20.07.2025.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.