Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter Mayami" jahon chempioni transferini tez orada yakunlaydi

"Inter Mayami" jahon chempioni transferini tez orada yakunlaydi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" safiga tez orada yana bir yulduz futbolchi - Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul qo‘shiladi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, bitim kelishilgan va yaqin kunlarda yopiladi.

Mayamiliklar Rodrigo de Paulni tezda transferga ko‘ndirishdi, "matraschilar" bilan muzokaralar ham ko‘p vaqt talab qilmadi. Argentinalik xavbek AQSH klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Ayni paytda Xavyer Maskerano jamoasi MLS Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi va uchta zaxira o‘yini bilan yetakchi "Sinsinnati"dan yetti ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 08:18, 21.07.2025.
O'qildi: 1572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик