Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Barselona" Joan Gamper kubogidagi raqibi nomini e’lon qildi

"Barselona" Joan Gamper kubogidagi raqibi nomini e’lon qildi

Baho:
+1 | -

"Barselona" o‘zining rasmiy saytida Joan Gamper kubogining 60-o‘yinidagi raqibi nomini e’lon qildi. Hans-Diter Flik jamoasi "Estadi Yoxan Kroyff" stadionida "Komo"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 10 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:00 da yangraydi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Komo" o‘rtasidagi o‘yin yangilangan "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo Kataloniya klubi kerakli lisenziyani qo‘lga kirita olmadi. Arenadagi ishlar hali davom etadi - to‘liq ochilish 2026 yilning yozida rejalashtirilgan.

O‘tgan yili Joan Gamper kubogi bahsida "Barselona" yirik hisobda "Monako"ga 0:3 hisobida yutqazgan edi.

Kiritildi: 15:48, 22.07.2025.
O'qildi: 3841 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик