Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" 58 million yevrolik yarim himoyachini o‘z safida ko‘rmoqchi

"Tottenxem" 58 million yevrolik yarim himoyachini o‘z safida ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

"Aston Villa" futbolchisi Jeykob Remzi "Tottenxem"ning transfer maqsadiga aylandi.

"Shporlar" 24 yoshli futbolchini joriy transfer oynasida sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi jurnalist Sebastyan Vidal.

"Aston Villa" ikkala qanotda ham, maydon markazida ham o‘ynay oladigan yarim himoyachi uchun taxminan 50 million funt (deyarli 58 million yevro) so‘ramoqda.

Jeykob Remzi o‘tgan mavsumda Unai Emeri jamoasi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:57, 23.07.2025.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик