Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Milan"ning sobiq yulduzi Allegrining jamoaga bosh murabbiy sifatida qaytishiga baho berdi

"Milan"ning sobiq yulduzi Allegrining jamoaga bosh murabbiy sifatida qaytishiga baho berdi

Baho:
+ | -

"Milan"ning sobiq yulduzi Alesandro Pato mavsumoldi safari davomida "rossonerilar"ning asosiy jamoasi bilan Singapurda ko‘rishdi.

Jurnalistlar bilan suhbatda u Massimiliano Allegrining klubga bosh murabbiy sifatida qaytishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Shaxs sifatida u o‘zgarmadi. Men ishonamanki, hozir u "Milan"ga kerak. U g‘alaba qozongan, "Milan"ni juda yaxshi biladigan inson. Ishonchim komilki, u 100% bu futbolchilarga maydonda kerak bo‘lgan hamma narsani beradi. Uning shu yerda ekanligidan juda xursandman", - dedi Pato.

Eslatib o‘tamiz, bir vaqtlar Pato "Milan" safida barcha turnirlarda 150 ta o‘yin o‘tkazib, 63 ta gol urgan va 18 ta golga assistentlik qilgan. Allegri qo‘l ostida 2010/11 yilgi mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 14:54, 23.07.2025.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик