Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Marsel" va "Yuventus" Vea masalasi bo‘yicha kelisha olmayapti

"Marsel" va "Yuventus" Vea masalasi bo‘yicha kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

"Marsel" "Yuventus" bilan Timoti Vea transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Vinger Fransiyaga qaytishga va Roberto de Dzerbi jamoasi safini to‘ldirishga tayyor, ammo klublar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "provansalliklar" 25 yoshli futbolchi uchun taxminan 15 mln yevro taklif qilmoqda, "keksa sinyora" esa 20 mln yevro so‘ramoqda.

Timoti Vea 2023 yilning yozida "Lill"dan 11 mln yevro evaziga "Yuventus"ga o‘tgandi. Amerikalik Turin jamoasi safida 78 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga yettita gol va shuncha assist yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 17 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:55, 24.07.2025.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.