Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Transfer oynasidagi ishimizni hali yakunlamadik» - Vadim Abramov Belarusdagi yig‘in va yangi o‘yinchilar haqida

«Transfer oynasidagi ishimizni hali yakunlamadik» - Vadim Abramov Belarusdagi yig‘in va yangi o‘yinchilar haqida

Baho:
+ | -

«Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramov Belarusdagi yig‘in yakunlanishi arafasida klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

«Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik reja asosida o‘tmoqda. Uchta o‘yindan ikkitasini o‘tkazdik. Bunday bahslarda men uchun natija muhim emas, asosiysi tayyorgarlik jarayonidir. Birinchisida «Slaviya»ga yutqazgan bo‘lsak-da, yangi o‘yinchilarni, turli ishlanmalarni sinab ko‘rdik. O‘sha kuni maydon sifati yaxshi emasligi ikki tomonning ham o‘yiniga ta’sir qildi.

Ikkinchi o‘yinda esa asosiy tarkibga yaqin bo‘lgan 11talikni dastlabki daqiqalardan sinadik. Yangi o‘yinchilar tezroq moslashib olishi muhim edi va ular ham jamoada ancha vaqtdan buyon to‘p surayotgandek tezda kirishib ketayotgani meni xursand qildi. O‘zi yaxshi saviyadagi o‘yinchi uchun moslashish jarayoni uzoq kechmaydi. Debyutantlar o‘yinidan qoniqyapman, umid qilamanki Superliga va O‘zbekiston kubogining muhim bahslariga yaxshi tayyorgarlik bilan kirishamiz. Jahongir O‘rozov, Oybek O‘rmonjonov va Edem Nemanov terma jamoadan qaytishadi. Futbolchilarning oldindagi uchrashuvlarga jarohatsiz yetib kelishi muhim. «Vitebsk»ga qarshi o‘yindan keyin 26 iyul kuni O‘zbekistonga qaytamiz va «Navbahor» bilan o‘yinga so‘nggi tayyorgarlikni Samarqandda o‘tkazamiz.

Tarkibni kuchaytirish ishlari? Hali transfer oynasidagi ishimizni tugatmadik – yangi o‘yinchilar uchun o‘rin bor. Nomzodlarni ko‘rayapmiz, ular orasida legionerlar ham bor, ammo ular bizga to‘g‘ri kelmayapti. Himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirganmiz. Hali vaqt bor, moliyaviy jihatdan ham, o‘yin jihatdan ham talablarimizga mos o‘yinchini topsak, o‘z safimizga qo‘shib olamiz. Ammo Kojo misolida o‘yinchilar talabi yuqori ekanini ko‘rib turibsiz. Shunday ekan, imkoniyatimiz va o‘yinimizga mos o‘yinchini topsak, taklif qilamiz», - dedi Vadim Karlenovich klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida (https://t.me/FCDinamo1960/24068).

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 15:21, 25.07.2025.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик