Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen "Reksxem" futbolchisiga aylanishi mumkin. Uels klubi aktyor Rayan Reynoldsga tegishli bo‘lib, u keyingi mavsumda Chempionshipda o‘ynaydi.
Daily Mail nashrining ta’kidlashicha, taklif Kristianga ma’qul kelgan, biroq hozircha 33 yoshli daniyalik ingliz futbolining oliy divizionida o‘ynashda davom etmoqchi.
Eriksen hozircha erkin agent hisoblanadi, u o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted"dagi bir necha yillik faoliyatidan so‘ng jamoani tark etgandi.













