Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Liverpul" - joriy yozda APL klublari orasida transferlarga eng ko‘p mablag‘ ajratgan klub (top-10)

"Liverpul" - joriy yozda APL klublari orasida transferlarga eng ko‘p mablag‘ ajratgan klub (top-10)

Baho:
+ | -

"Liverpul" Angliya chempionatida transferlarga eng ko‘p pul sarflagan klublar ro‘yxatini boshqarmoqda. Nufuzli "Transfermarkt" portali e’lon qilgan raqamlar shundan dalolat beradi.

"Liverpul" umumiy qiymati 308,68 million yevro bo‘lgan 6 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Ular orasida hujumkor yarim himoyachi Florian Virs (125 million), markaziy hujumchi Ugo Ekitike (95) va chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez (46,9) bor.

Ikkinchi pog‘onadan 243,77 million yevro ko‘rsatkich bilan "Chelsi" joy olgan. Jamoaning eng yirik xaridi chap qanot vingeri Jeymi Gittens (64,3 million), shuningdek, 2 nafar markaziy hujumchi - Joao Pedro (63,7) va Liam Delap (35,5) bo‘ldi.

Kuchli uchlikni "Arsenal" (157,8 million yevro) yakunlab bergan. "Kanonirlar" tayanch yarim himoyachisi Martin Zubimendini 70 million, o‘ng qanot vingeri Noni Maduekeni 55,4 million, shuningdek, markaziy himoyachi Kristian Moskerani 15 million evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Shuningdek, top-10 likdan "Manchester Yunayted" (153,2 million), "Manchester Siti" (145,7 million), "Tottenxem Xotspur" (140,6 million), "Sanderlend" (115,9 million), "Brayton" (80 million), "Byornli" (79,75 million) va "Lids" (69,4 million) klublari joy olgan.

Kiritildi: 12:59, 26.07.2025.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик