Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

"Andijon" OCHL 2 musobaqasining ostonasida

"Andijon" OCHL 2 musobaqasining ostonasida

Baho:
+ | -

"Andijon" uchun mavsumning ikkinchi qismi juda muhim va har qachongidan ko‘ra ahamiyatlidir. Boisi, sentyabr oyida ular Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi debyut ishtirokiga kirishadi. Bu esa shubhasiz "Andijon" futbol klubida yangi sahifa ochilishidan darak. Bir yarim oydan oshiqroq vaqt qolgan mazkur turnir haqida so‘z yuritamiz.

OCHL 2 musobaqasida jami 32 ta klub ishtirok etadi. Ishtirokchilar mos ravishda 16 tadan Sharq va G‘arb mintaqalariga bo‘linadilar. "Andijon" G‘arb mintaqadasida bo‘ladi.

OCHL 2 da kimlar qatnashadi? Bu hammani qiziqtirayotgan savol. "Andijon" qatnashadigan musobaqada demak quyidagi Osiyo jamoalari ham ishtirok etadilar:

"Al-Muharraq" (Bahrayn)
"Al-Xaldiya" (Bahrayn)
"Al-Vasl" (BAA)
"An-Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Ahli" (Qatar)
"Istiqlol" (Eron)
"Andijon" (O‘zbekiston)
"Al-Xusseyn" (Iordaniya)
"Al-Vihdat" (Iordaniya)
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Istiqlol" (Tojikiston)
"Arqadag‘" (Turkmaniston)
"Al-Zavra" (Iroq)
"Regar TadAZ" (Tojikiston) - "Ahal" (Turkmaniston) g‘olibi
"Goa" (Hindiston) - "Al-Siib" (Ummon) g‘olibi
"Al-Duhayl" (Qatar) – "Sepaxon" (Eron mag‘lubi, g‘olibi OCHL elitda qatnashadi)

OCHL 2 musobaqasi format bo‘yicha uy va safar tizimida o‘tkaziladi. Shuningdek, 4 ta guruhning har birida birinchi va ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Guruh o‘yinlari taqvimi

1-tur: 16–18 sentyabr
2-tur: 30 sentyabr – 2-oktyabr
3-tur: 21–23 oktyabr
4-tur: 4–6 noyabr
5-tur: 25–27 noyabr
6-tur: 10–11-dekabr (Sharq),
23–24-dekabr (G‘arb)

Barcha uchrashuvlar OFK musobaqalari taqvimiga muvofiq o‘tkaziladi va uchrashuvlar jadvali (jumladan, o‘yinlar tartibi va boshlanish vaqtlari) qur’a tashlashdan so‘ng OFK tomonidan, OFK Musobaqalar qo‘mitasi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tasdiqlanadi.

G‘arb mintaqasidagi 16 ta ishtirokchi klub "Kuch darajasi va savatlarga taqsimlash tamoyili" asosida to‘rt (4) ta savatga ajratiladi.

Birinchi savatcha:

"An-Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Vasl" (BAA)
"Al-Ahli" (Qatar)
"Al-Duhayl" (Qatar) – "Sepaxon" (Eron) mag‘lubi (bu juftlik g‘olibi OCHL Elitga yo‘l oladi)

Ikkinchi savatcha:

"Istiqlol" (Eron)
"Andijon" (O‘zbekiston)
"Al-Zavra" (Iroq)
"Al-Xusseyn" (Iordaniya)

Uchinchi savatcha:

"Al-Muharraq" (Bahrayn)
"Moxun Bagan" (Hindiston)
"Istiqlol" (Tojikiston)
"Arkadag‘" (Turkmaniston)

To‘rtinchi savatcha:

"Al-Vihdat" (Iordaniya)
"Al- Xaldiya" (Bahrayn)
"Goa" (Hindiston) - "Al-Siib" (Ummon) g‘olibi
"Regar TadAZ" (Tojikiston) - "Ahal" (Turkmaniston) g‘olibi

Ko‘rinib turibdiki, "Andijon" "Istiqlol" (Eron), "Al-Xussayn" (Iordaniya) va "Al-Zavra" (Iroq) bilan bir guruhdan joy olmaydi. 1, 3 va 4-savatchadan bittadan jamoa "Andijon"ga raqib bo‘ladi.

Qur’a tashlash marosimi joriy yilning 15 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi "Intercontinental" mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Avvaliga 14 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 (Toshkent vaqti bilan 13:30) da ishtirokchi klublar uchun seminarlar bo‘lib o‘tadi. 15 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00) da qur’a tashlash marosimi boshlanadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:32, 26.07.2025.
O'qildi: 2589 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик