Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Arsenal" markaziy hujumchisi Gabriel Jezus vataniga qaytishi mumkin

"Arsenal" markaziy hujumchisi Gabriel Jezus vataniga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus vataniga qaytishi mumkin. RTI Esporte nashrining xabar berishicha, Braziliya A Seriyasi vakili "Flamengo" klubi inglizlar jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish borasida faol ish olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, braziliyaliklar "kanonirlar"ga futbolchi transferi bo‘yicha taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 28 yoshli forvardning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 32 mln yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jezus tizzasining xochsimon bog‘lamlari uzilganidan keyin tiklanishda davom etmoqda. Uning maydonga qaytishi noyabr oyida kutilmoqda. O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:47, 26.07.2025.
O'qildi: 1882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик