"Barselona" markaziy hujumchisi Robert Levandovski klubning yangi mavsumdagi maqsadlari haqidagi savolga javob berdi.
"Biz barcha sovrinlarni ko‘zlab harakat qilamiz. Chempionlar Ligasida doim ko‘p omillar muhim: ozgina omad, futbolchilarning jarohatlanmasligi... Mavsum oxirigacha kuchimizni saqlab qolishimiz kerak", - dedi 36 yoshli polyak klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.













