"An-Nasr" yarim himoyachisi Otavio faoliyatini Saudiya Arabistonining boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 30 yoshli portugaliyalik futbolchi borasida "Al-Qodisiya" "An-Nasr" bilan rasmiy muzokaralarni boshlagan.
Otavioning o‘zi klubini almashtirishga qarshi emas. Hozirda Transfermarkt uni 15 million yevroga baholamoqda.













