Londonning "Tottenxem" klubi qanot vingeri Mayki Mur faoliyatini Shotlandiyada davom ettiradi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, 17 yoshli iqtidorli angliyalik futbolchi "Reynjers"ga 1 mavsumga ijaraga beriladi. Uni sotib olish imkoni bo‘lmaydi.
Murning "shporlar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 18 million yevroga baholamoqda.













