Londonning "Chelsi" klubi "Pari Sen-Jermen" darvozaboni Janluiji Donnarummaga da’vogarlik qilmayapti.
Parij klubi "Lill"dan Lyuka Shevalyeni sotib olishga yaqin turibdi, buning fonida Donnarummaning tez orada ketishi haqidagi gap-so‘zlar yanada dolzarb bo‘lib qoldi. Italiyalik futbolchiga Yevropaning ko‘plab grandlari, jumladan, "Chelsi" ham qiziqish bildirgan, biroq ayni damda "ko‘klar" darvozabonga da’vogarlik qilmayapti, deya xabar beradi jurnalist Mett Lou. Ma’lum bo‘lishicha, Enso Mareska jamoasida "birinchi raqam" Robert Sanches bo‘lib qoladi.
Janluiji Donnarummaning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi, tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagan.













