Farg‘onaning "Neftchi" klubi Superliga ikkinchi davrasi oldidan o‘z tarkibida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.
Jurnalist Bekzod Tolipov xabariga ko‘ra, Vladimir Yovovich va Eldor Suyunovlar boshqa jamoaga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar barham topdi. Har ikki futbolchi ham Superliga ikkinchi davrasini Farg‘ona klubida o‘tkazishadi.













