Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Muhammadali Usmonov: "Menga ishonch bildirishyapti va bu ishonch albatta oqlanadi"

Muhammadali Usmonov: "Menga ishonch bildirishyapti va bu ishonch albatta oqlanadi"

Baho:
+ | -

"Andijon" klubi yozgi transfer chog‘ida tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib olayotganidan xabaringiz bor.

"Burgutlar" a’zosiga aylangan yangi o‘yinchilar orasida iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Muhammadali Usmonov ham bor. "Paxtakor"da to‘p surgan asli andijonlik yigit o‘z uyiga qaytdi va endi "Andijon" sharafini himoya qiladi.

Usmonov "Andijon" matbuot xizmatiga intervyu berar ekan, bir qator savollarga javob qaytardi.

- Muhammadali ikkinchi davradan faoliyatingizda yangi sahifa ochilmoqda. Bunday yangi chaqiruvga qanchalik tayyor edingiz?

- Barcha andijonliklarga, futbol muxlislariga, "Ultras Burgut" a’zolari, hamma-hammaga assalomu alaykum. Nasib qilsa, ikkinchi davradan faoliyatimda yangi sahifa ochiladi. "Andijon" klubiga, murabbiylar shtabiga chaqirib ishonch bildirishgani uchun katta rahmat. Albatta, chaqiruvga tayyor edim. Chunki o‘zingiz bilganingizdek, o‘yin amaliyotisiz qolgandim. Shu sababli ketishim kerak edi. Ketishimni oldindan bilardim. Men o‘ynashni istayotgandim. Xudo xohlasa, "Andijon"da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, o‘zimni ko‘rsatib, sog‘lom raqobat qila olishga harakat qilaman.

- "Andijon" bilan Tojikiston yig‘inida qatnashdingiz. Qanday taassurotlar qoldi?

- Albatta, jamoa bilan Tojikistondagi yig‘inda bo‘ldim. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Jamoadoshlarimga rahmat, hammasi iliq kutib olib, yaxshi qabul qilishdi. Hammasi bilan juda yaxshi chiqishib ketdim.

- Yangi jamoada 99-raqamni tanladingiz. Bu sizni yoqtirgan raqamingizmi?

- Raqam masalasiga keladigan bo‘lsak, yoqtirgan raqamlarim ichida bu ham bor. Shuning uchun 99 ni tanladim. Avvalo, raqam o‘yinchini emas, o‘yinchi raqamni bezab turadi. Xudo xohlasa, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatsak, 99-raqam yanada chiroyli bo‘lib ko‘rinadi.

- Muxlislar sizni xursandchilik bilan qarshi oldilar va hamma yangi o‘yinchilar qatori sizdan ham umidlari katta. Ularning qo‘llab-quvvatlashi sizga qo‘shimcha motivatsiya bag‘ishlayaptimi?

- Muxlislarning bunday iliq kutib olishi o‘zim uchun ham boshqacha quvonch va xursandchilik bag‘ishladi. Chunki har bir futbolchining orzusi muxlislarning qalbidan joy olish. Menga ishonch bildirishyapti va Xudo xohlasa, bu ishonch albatta oqlanadi.

- Ikkinchi davrada oldingizga qo‘ygan vazifangiz qanday?

- Ikkinchi davrada oldimga qo‘ygan vazifam – chiroyli o‘yinlar va gollarim bilan muxlislarni xursand qilib, jamoamga yordam berish. Osiyo Chempionlar ligasida ham ijobiy natijalarga erishish vazifamiz hisoblanadi.

- O‘z uyingizga qaytdingiz va qachondir shu holat yuz berishi kerak edi. "Paxtakor"dan "Andijon"ga o‘tishingizni qanday izohlagan bo‘lardingiz?

- Men uyimga qaytdim. Inson o‘z uyida qanchalik erkin bo‘lishini bilasiz. Nasib qilsa, bunday erkinlik bilan yanada kuchliroq bo‘lib, biz barchasini albatta uddalaymiz. Muxlislarimizga rahmat. Bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, biz albatta vazifani bajaramiz, olg‘a, "Andijon"!

Kiritildi: 18:24, 29.07.2025.
O'qildi: 1543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.