Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Suv sporti turlarining rivoji ko‘rib chiqildi

Suv sporti turlarining rivoji ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

World Aquatics bilan hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vise-prezidenti Otabek Umarov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Butunjahon suzish federasiyasi (World Aquatics) Prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori Husayn Al Musallam bilan uchrashishdi.

World Aquatics rahbari Shahnoza Mirziyoyevani tashkilot Ijroiya qo‘mita byurosining tarkibiga saylangani bilan qutladi. Suhbat davomida mamlakatimizda suv sporti turlarining rivojini yanada oshirish bo‘yicha birgalikda “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish borasida fikr almashishdi.

Tomonlar uchrashuvda jadal sur’atda rivojlanayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, janob Musallam o‘zbekistonlik suzuvchilarning katta potensialga ega ekanini ta’kidladi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida istiqbolli hamkorlikning yangi qirralari, xususan, yurtimizda suv sporti turlari bo‘yicha malakali kadrlarni yanada ko‘paytirish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Kiritildi: 22:54, 29.07.2025.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик