Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

O‘zbekiston milliy robototexnika jamoasi “Sanya WRC 2025”da muvaffaqiyatga erishdi

O‘zbekiston milliy robototexnika jamoasi “Sanya WRC 2025”da muvaffaqiyatga erishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bundan bir oy muqaddam o‘tgan “Dubai First Off-Season” xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston vakillari saralash bosqichida 8 ta eng yaxshi natijani qo‘lga kiritib, Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Dubay bahslarida yakkaxon tartibda birinchi, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab, "Eng yaxshi boshqaruv" nominasiyasi sohibi bo‘lgan O‘zbekiston milliy robototexnika jamoasi kuni kecha Xitoyda yakunlangan final musobaqalarida ham yaxshi natijalarni qayd etdi.Sanya shahrida o‘tkazilgan “Sanya WRC 2025” xalqaro musobaqasida dunyoning turli davlatlaridan 2 ming nafardan ortiq robototexnika yo‘nalishida izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar o‘zlarining yangi innovasion texnologiyalarini global maydonda sinovdan o‘tkazdi.

Xalqaro turnirning birinchi kunida 6 ta yo‘nalishning barchasida muvaffaqiyatga erishgan O‘zbekiston jamoasi yakuniy reytingda 3-o‘rinni egalladi.

Bahslarning so‘nggi kungi natijalari sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy robototexnika jamoasi musobaqa davomidagi texnik mahorati, jamoaviy hamjihatligi va innovasion yondashuvi bilan “Excellence Award” mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Kiritildi: 09:00, 30.07.2025.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик