Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

"Inter" himoyachisi uchun APL klubi ham kurashga qo‘shildi

"Inter" himoyachisi uchun APL klubi ham kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum Angliya kubogini qo‘lga kiritgan "Kristal Pelas" klubi Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Yan-Aurel Bissekni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Inter" 35 million yevrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. "Neradzurrilar" rahbariyati yaqinda "Vest Xem"ning 20 millionlik taklifini rad etdi va "Kristal Pelas" bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Ushbu jamoaning taklifi bonuslar bilan birga 32 million yevroni tashkil etdi.

Bu yil Germaniya terma jamoasida debyut qilgan futbolchining o‘zi "Inter"da qolishni istashini aytib ulgurdi. O‘tgan mavsumda 24 yoshli Bissek klub miqyosida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:49, 30.07.2025.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.