Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

"Neftchi" Shahzodjon Ne’matjonov transferini e’lon qildi

"Neftchi" Shahzodjon Ne’matjonov transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Neftchi" klubi Shahzodjon Ne’matjonov transferini e’lon qildi.

"Davralar oralig‘idagi o‘quv yig‘in va yozgi transfer orqali tarkibni kuchaytirish maqsadida jamoamiz rahbariyati yosh va iqtidorli hujumkor futbolchi Shahzodjon Ne’matjonov bilan shartnoma imzoladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Shahzodjon Ne’matjonov 2003 yilning 6 avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tavallud topgan. Futbolga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi tufayli olti yoshida Bekobodning "Metallurg" futbol maktabida ilk saboqlarini olgan Shahzodjon 2015 yilda Toshkentga ko‘chib o‘tib, dastavval "Paxtakor", keyinchalik "Bunyodkor" sport maktabida tahsil olishda davom etadi.

Futbolchilik faoliyatini o‘ziga qadrdon bo‘lgan Bekobodning "Metallurg" yoshlar jamoasida boshlab, 2024 yilga qadar shu yerda to‘p surdi. "Neftchi"ga o‘tishdan avval futbolchi Superliganing birinchi davrasini G‘uzorning "Sho‘rtan" klubida olib bordi
." - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, avvalroq "Sho‘rtan" bir nechta futbolchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Ular orasida  Shahzodjon Ne’matjonov bor edi.

Kiritildi: 19:34, 30.07.2025.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик