Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Manchester Siti" posboni "qizil iblis"ga aylanishi mumkin

"Manchester Siti" posboni "qizil iblis"ga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubi "Manchester Siti" darvozaboni Shtefan Ortegani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi. Ruben Amorim jamoasi allaqachon nemis vakillari bilan bog‘lanishgan.

Manbaga ko‘ra, "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines "qizil iblislar" safiga o‘tishdan bosh tortgach, Manchester klubi "shaharliklar"ning ikkinchi raqamli darvozaboniga qiziqib qolgan. Oldinroq Orteganing ushbu yozgi transfer oynasida, ayniqsa Jeyms Traffordni sotib olganidan keyin ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor edi.

O‘tgan mavsumda 32 yoshli darvozabon barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Avvalroq, "MYU" Donnarummaga bo‘lgan qiziqishni qayta tiklagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 21:38, 30.07.2025.
O'qildi: 1931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.