Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Inter" "Atalanta"ga ultimatum qo‘ydi

"Inter" "Atalanta"ga ultimatum qo‘ydi

Baho:
+ | -

Ademola Lukmanning "Atalanta"dan "Inter"ga transferi taqdiri yaqin kunlarda hal bo‘lishi kutilmoqda.

Bergamo klubi hujumchi uchun 50 mln yevro talab qilmoqda, milanliklar esa bonuslar bilan hisoblaganda 45 mln yevro atrofida taklif qilmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, "Inter" "Atalanta"dan yakuniy javobni juma kunidan kechiktirmay berishni so‘ragan. Agar bergamoliklar belgilangan muddatgacha sukutni buzishmasa, bu rad etish sifatida qabul qilinadi - bunday holda milanliklar rahbariyati boshqa nomzodlarga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ademola Lukmanning o‘zi "Inter"ga o‘tish istagi haqida "Atalanta"ga xabar bergan edi. 27 yoshli futbolchining agenti klubni sotishga ko‘ndirmoqda.

Kiritildi: 05:13, 31.07.2025.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик