Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Barsa" Romeuga shartnomani bekor qilish uchun qolgan maoshining yarmini to‘lashi mumkin

"Barsa" Romeuga shartnomani bekor qilish uchun qolgan maoshining yarmini to‘lashi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Avvalroq, 33 yoshli himoyachi kataloniyaliklar bilan Osiyo turnesiga bormagan edi. Futbolchi Hansi Flikning keyingi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan.

Romeu 2023 yilda "Jirona"dan "Barsa"ga o‘tgandi. U o‘tgan mavsumda "Jirona"da ijara asosida o‘ynadi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, klublar himoyachining kelajagi borasida muloqotni davom ettirmoqda. Ispaniyalik futbolchining "blaugrana" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ta’kidlanishicha, "Barselona" Oriol bilan shartnomani bekor qilishi va unga bir yillik shartnoma bo‘yicha qolgan maoshining yarmini to‘lashi mumkin.

Futbolchiga "Jirona"dan tashqari "Real Ovyedo" ham qiziqish bildirmoqda, ammo uning o‘zi maydonda va kiyinish xonasida qadrlanadigan jamoaga qaytishni afzal ko‘rmoqda.

Kiritildi: 06:29, 02.08.2025.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик