Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"MYU" Sheshko uchun 90 million yevro sarflashi mumkin

"MYU" Sheshko uchun 90 million yevro sarflashi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Leypsig"ning 22 yoshli hujumchisi Benyamin Sheshko bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Futbolchining ehtimoliy transferi 79 mln funtni (90 mln yevro) tashkil etishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, sloveniyalik futbolchiga da’vogarlik qilayotgan "Nyukasl" forvard uchun kurashda "qizil iblislar"ga yengilganini tan olgan. "Hakkalar" Sheshkoni hujumchi Aleksandr Isakga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgandi.

Ta’kidlanishicha, "Manchester Yunayted" klubi Sheshko xaridi bo‘yicha kelishuvni moliyalashtira olishiga ishonmoqda.

O‘tgan mavsumda Sheshko barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:45, 02.08.2025.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик