Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Xyoylund Sheshko transferining bir qismiga aylanishi mumkin

Xyoylund Sheshko transferining bir qismiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylundning "Leypsig"ga o‘tishi "buqalar" forvardi Benyamin Sheshkoning "qizil iblislar" safiga o‘tishi bo‘yicha bitimning bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, daniyalik futbolchining Germaniyaga ko‘chib o‘tish istagi kuchli emas. Shaxsiy suhbatlarda u Angliya grandida qolish va tarkib uchun kurashish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Avvalroq OAV mankunianliklar Sheshko transferi uchun 90 mln yevro to‘lashi mumkinligi haqida yozgandi.

O‘tgan mavsumda "Leypsig" hujumchisi barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Xyoylund barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:54, 02.08.2025.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик