"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoadoshi Lamin Yamalning o‘yin sifatini yuqori baholadi.
"Har qanday o‘yinda u xohlaganini qiladi. Lamin xuddi hovlida o‘ynayotgandek harakat qiladi. Laminni mashg‘ulotlarda to‘xtatish universitetga kirish imtihonidan ko‘ra qiyinroq.
Chunki Lamin sizni har qanday yo‘l bilan mag‘lub etishi mumkin", - dedi Kubarsi.













