Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Manchester Yunayted" futbolchisi "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi postga layk bosdi

"Manchester Yunayted" futbolchisi "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi postga layk bosdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqida gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. Mashhur insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali "ko‘klar"ning argentinalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi haqida gapirdi - nufuzli insayder postiga tez orada Garnachoning o‘zi layk bosdi, deya ta’kidlaydi ingliz OAV. Bu bilan futbolchi faoliyatini Londonda davom ettirishga tayyorligi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Transfermarkt portali 21 yoshli futbolchini 45 mln yevroga baholamoqda. "Manchester Yunayted" u bo‘yicha takliflarni bajonidil ko‘rib chiqadi, bu haqda yoz boshidayoq ma’lum bo‘lgandi.

Tez orada "Chelsi" "RB Leypsig"dan Xavi Simons transferini yakunlashi kerak, shundan so‘ng, katta ehtimol bilan Garnacho transferi ustida ish boshlanadi.

Kiritildi: 05:40, 03.08.2025.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик