Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" qimmatbaho forvard bo‘yicha muzokaralarni boshladi

"Manchester Yunayted" qimmatbaho forvard bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "RB Leypsig" hujumchisi Benyamin Sheshko transferidan umid qilmoqda.

Biroz oldinroq, nemis klubi "Nyukasl"dan futbolchi bo‘yicha taklifni rad etgani ma’lum bo‘lgandi - "hakkalar" bonuslar bilan birga 80 mln yevro atrofida to‘lashga tayyor edi. Endi transfer kurashiga "qizil iblislar" qo‘shilmoqda: Sky Sports xabariga ko‘ra, bu oqshom mankunianliklar vakillari "qizil buqalar"ning talablari haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida "RB Leypsig" bilan Sheshko bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Muhokamalar yakuniga ko‘ra, "MYU" 22 yoshli hujumchiga rasmiy taklif berish-bermaslik masalasini hal qiladi.

Benyamin Sheshko "RB Leypsig" safida o‘tgan mavsum 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:54, 03.08.2025.
O'qildi: 1924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик