Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Yuventus" futbolchisi "Fenerbaxche"ga o‘tishdan bosh tortdi

"Yuventus" futbolchisi "Fenerbaxche"ga o‘tishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luis "Fenerbaxche"ga rad javobini berdi. Istanbul klubi "jiddiy" taklif bilan chiqdi, biroq braziliyalik futbolchi faoliyatining hozirgi bosqichida Turkiyaga ko‘chib o‘tishga tayyor emasligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi jurnalist Orasio Akkomando. 27 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasiga qaytishni istamoqda. Unga "Nottingem Forest" qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha aniqlik kiritilmagan.

"Yuventus" joriy transferlar davrida Duglas Luis bilan xayrlashmoqchi. Futbolchi o‘tgan yozda "Aston Villa"dan 51 mln yevro evaziga turinliklar safiga qo‘shilgandi, ammo Italiyada o‘zini ko‘rsata olmadi. Transfermarkt portali xavbekning narxini 30 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 06:01, 03.08.2025.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик