Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Para taekvondochilarimiz Osiyoda tengsiz

Para taekvondochilarimiz Osiyoda tengsiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Malayziyaning Kuching shahrida para taekvondo bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati o‘tkazildi.

Unda qit’amizning 22 ta mamlakatidan jami 180 nafarga yaqin para taekvondochilar ishtirok etdi. Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasining 17 nafar vakili ham medallar uchun bahs olib bordi.

Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini ulashuvchi ushbu Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi va yana bir bor qit’amizning eng kuchli jamoalaridan ekanini isbotladi.

Osiyo chempionatining oltin medali Zuhriddin Tohirov (63 kg), Umida Mamarajabova (52 kg) va Roziya Ergashevaga (65 kg) nasib etgan bo‘lsa, Muhammadsodiq Usmonov (58 kg), Asadbek Toshtemirov (+80 kg), Qizlarxon Isomiddinova (47 kg) hamda Karomat Rustamova (52 kg) kumush medalga ega chiqdi.

Shuningdek, Qudrat Haydarov (63 kg), Qudratillo Sunnatov (70 kg) va So‘g‘diyona Normo‘minova (+65 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Kiritildi: 09:30, 03.08.2025.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик