Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

De Yong, Ferran va Kubarsi ter Shtegen "Barsa" sardori bo‘lishi kerak deb hisoblamoqda

De Yong, Ferran va Kubarsi ter Shtegen "Barsa" sardori bo‘lishi kerak deb hisoblamoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" futbolchilari Mark-Andre ter Shtegenni jamoa sardori sifatida qoldirishmoqchi.

Avvalroq, klubda darvozabonning o‘zboshimchalik bilan belidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani va tiklanish muddatidan norozilik borligi ma’lum bo‘lgandi.

Klub va murabbiylar shtabi ter Shtegenni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Blaugranalfr"ning bir qator futbolchilari klubning Osiyodagi turnesi vaqtida bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi.

"Men uchun Mark - o‘tgan mavsumdagi kabi jamoa sardori. U jahon darajasidagi o‘yinchi va u ko‘p yillardan beri shunday. U har doim bor kuchini klubga bag‘ishlagan. Men uni qo‘llab-quvvatlayman, bilishimcha, jamoa ham", - deydi yarimhimoyachi Frenki de Yong.

Ferran Torres, shuningdek, agar ovoz berilsa, nemis yana saylanishiga ishonch bildirdi.

"Ovoz berish bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmadim, biz buni muhokama qilmadik. Ammo uning tajribasi va bu yerda o‘tkazgan yillarini hisobga olsak, ter Shtegen sardor bo‘ladi, deb o‘ylayman", - dedi "Barsa" forvardi.

Himoyachi Kubarsi Cadena SER nashriga bergan intervyusida posbonni qo‘llab-quvvatladi: "Biz juda xotirjammiz. U bizning kapitanimiz va biz bundan xursandmiz".

Boshqa futbolchilar bu qadar aniq fikr bildirishmadi, shunchaki barchasi oydinlashadigan ovoz berish bo‘lishini eslatishdi, deb yozadi AS.

Kiritildi: 15:53, 03.08.2025.
O'qildi: 1496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик