Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Luis Dias jarohat oldimi?

Luis Dias jarohat oldimi?

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Luis Dias "Lion"ga qarshi shanba kungi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng tizzasidagi og‘riqdan shikoyat qildi. Kolumbiyalik futbolchi yengil og‘riqdan so‘ng yana o‘zini yaxshi his qila boshladi. Qisqa muddatli tibbiy yordamdan so‘ng Dias bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘rsatdi va bemalol yura boshladi. Bu haqda Bayern & Germany Germaniyaning Sky telekanaliga tayanib xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" "Lion"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda hujumkor yarim himoyachi Maykl Olise dubl muallifi bo‘ldi. Luis Dias bu o‘yinda "Bavariya" safida debyut qildi. Yaqinda kolumbiyalik futbolchi "Liverpul"dan Myunxen klubiga o‘tgandi.

"Bavariya" uchun yangi mavsum 16 avgust kuni Germaniya Superkubogi doirasida "Shtutgart"ga qarshi o‘yin bilan boshlanadi.

Kiritildi: 17:09, 03.08.2025.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик