Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Barsa" Joan Garsiyani qachon ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

"Barsa" Joan Garsiyani qachon ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik darvozabon Joan Garsiya yozda "Barselona" safiga kelib qo‘shildi va yangi jamoasi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Darvozabon "Vissel Kobe"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibdagi debyutini o‘tkazishga ulgurdi.

Biroq, rahbariyat tomonidan mavsumga yangi kelgan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi hal etilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, "Barselona" yaqin bir haftadayoq Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda va buni boshqa futbolchilarini sotmasdan qanday amalga oshirishni biladi.

Klub yangi darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Mark-Andre Ter Shtegenning jarohatidan foydalanmoqchi. Biroq ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar"ning boshqa ssenariylari ham mavjud bo‘lib, zarurat tug‘ilganda ulardan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ning germaniyalik posboni Mark-Andre Ter Shtegen jarohati sabab, kamida 3 oy maydonga tusha olmasligi mumkin.

Kiritildi: 18:23, 03.08.2025.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик