"Yuventus" markaziy himoyachisi Gleyson Bremer yaqinda xochsimon payining uzilishidan so‘ng maydonga qaytdi.
"Eng qiyin payt? Reabilitasiya davrining boshida menga to‘qqiz oyni o‘tkazib yuborishimni aytishdi. Odatda bunday jarohatlardan keyin tiklanish olti-etti oy davom etishini hisobga olsak, bunga ko‘nikish qiyin bo‘ldi", - dedi markaziy himoyachi Sky Sport bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Gleyson Bremer o‘tgan yilning oktyabr oyi boshida Chempionlar ligasi umumiy bosqichida "RB Leypsig"ga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgan edi.













